Toshkentdagi 11 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

E’lon qilingan sana· 76
Toshkentdagi 11 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi 227-sonli “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.


“Marvarid” turar-joy majmuasi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.


Toshkent teleminorasi

Birinchi bosqichda 11 ta yangi obyekt ro‘yxatga kiritilib, 10 ta obyektning maqomiga qo‘shimchalar kiritildi. Ular orasida, xususan:

  1. Quyosh instituti;
  2. Toshkent davlat sirki;
  3. Toshkent teleminorasi;
  4. “Xalqlar do‘stligi” saroyi;
  5. Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyi;
  6. “Marvarid” (“Jemchug”) turar-joy majmuasi;
  7. Rassomlar uyushmasining ko‘rgazma pavilioni;
  8. “O‘zbekiston” mehmonxonasi;
  9. “Shodlik” mehmonxonasi;
  10. “Residence Park” mehmonxonasi;
  11. Davlat san’at muzeyi;
  12. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;
  13. O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi;
  14. Toshkent telemarkazi binosi;
  15. “Turkiston” konsert zali va uning yozgi maydoni;
  16. Aviasozlar saroyi;
  17. “Kosmonavtlar” metro bekati;
  18. “Eski Juva” bozorining moviy gumbazlari;
  19. “Moviy gumbazlar” kafesi;
  20. San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti;
  21. Ko‘krak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti.


“Xalqlar doʻstligi” saroyi

Tashabbus O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasiga tegishli bo‘lib, jamg‘arma ham yuqorida tilga olingan modernizm davridagi binolarni YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodlarni ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Sirk

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ