Anons
She'riy batl: "Shoirlar SIga qarshi"
E’lon qilingan sana: · 28
“Teach for Uzbekistan” ma’rifiy loyihasi yangi “Shoirlar SIga qarshi” she’riy open-air batl-festival formatini taqdim etadi.
Toshkentning eng iste’dodli shoirlari ChatGPT ilgʻor sun’iy intellekti bilan adabiy duelda toʻqnash keladi va neyrotarmoqlar ijodda odamlar bilan raqobat qila oladimi, degan savolga javob beradi.
Festivalda ishtirokchilari quyidagilarga guvoh boʻladi:
- Birinchi bosqichda 12 nafar shoir o‘z asarlarini ommaga taqdim etadi. Hakamlar hay’ati sun’iy intellekt bilan raqobatlashadigan eng kuchli 4 nafar finalchini aniqlaydi.
- Ikkinchi bosqich — berilgan mavzular boʻyicha “Shoirlar vs ChatGPT” batli.
- Tomoshabinlar oʻrtasida ovoz berish. Kim gʻalaba qozonadi: tirik ijodiy fikrmi yoki raqamli texnologiyalar, insonmi yoki neyrotarmoqlar?
- Festival Toshkentning mashhur “Elektroko” rok guruhining jonli ijrosi bilan yakunlanadi.
- Ilhoml beruvchi muhit, yangi iste’dodlar, “Teach for Uzbekistan” jamoasi bilan uchrashish va barcha she’riyat ixlosmandlari uchun ajoyib yangi tajribalar.
- Sana27 aprel, 17:00