Shahrisabzda “International folk” festivali va qator xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 127
Shahrisabzda “International folk” festivali va qator xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtadi

Shahrisabz shahri 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deb e’lon qilingani munosabati bilan 25−26-aprel kunlari bir qator xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbir doirasida IHTga a’zo davlatlar folklor jamoalari ishtirokida “International folk” festivali, yosh dizaynerlar o‘rtasida “Modest fashion show” tanlovi, mashhur oshpazlar ishtirokida “Shahrisabz pazandachilik bellashuvi”, “Xalqaro etnosport o‘yinlari” festivali hamda xorijlik va mahalliy yetakchi rassomlar ishtirokida “plenar” natijalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, forum doirasida tashkilotga a’zo davlatlarning turizm sohasi rasmiylari ishtirokida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

“Unda sohani rivojlantirish yo‘lida o‘zaro tajriba almashish, mavjud muammolarning yechimlarini muhokama qilish, turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda imkoniyatlarni ishga solish, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish va sohadagi yutuqlarni targ‘ib qilish borasidagi chora-tadbirlarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ