Vyetnamdan Livangacha: Toshkentdagi xorij oshxonalari

E’lon qilingan sana· 1 965
Vyetnamdan Livangacha: Toshkentdagi xorij oshxonalari

Toshkent shahrida koʻplab davlatlar oshxonalarini topish mumkin. Bu oʻrinda, albatta, turk oshxonasi yetakchilik qiladi.

Biroq iskandar kabob va koftedan zerikkanlar uchun Afisha.uz Toshkentdagi boshqa ekzotik, nafis va ajoyib taomlar taklif eta oladigan boshqa davlatlar oshxonalari haqida ma’lumot beriladi.


Vyetnam oshxonasi

“Pho.Vietnam”

Oʻziga xos ekzotikaning muxlisi boʻlganlar uchun Toshkentda Vyetnam oshxonasiga mansub boʻlgan ushbu kafe ayni muddao boʻladi.

Restoranda salatlar 32 000 soʻmdan, lapshalar 49 000 soʻmdan, asosiy ovqatlar esa 77 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Muqimiy koʻchasi, 7.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−822−8066.


Arab oshxonasi

“MiraMandi”

Arab va Oʻrtayer dengizi taomlari restorani nafosat va ta’mning ajoyib uygʻunligini ta’minlaydi.

Restoranda salatlar 39 000 soʻmdan, restoranning tashrif qogʻozi boʻlgan Mandi taomi 66 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Furqat koʻchasi, 10.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−512−1100.


Amerika oshxonasi

“Vmyaso”

Goʻsht, burger va boshqa taomlarning amerikancha katta-katta portsiyalarini tatib koʻrish uchun “Vmyaso"ga tashrif buyurish yetarli. Restoran oʻzining ajoyib aksiyalari bilan ham ajralib turadi.

Bu yerda salatlar 54 000 soʻmdan, steyklar 62 000 soʻmdan, burgerlar 96 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Saroymulkxonim koʻchasi, 65.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−901−8388.


Yapon oshxonasi

“Furusato”

Yana bir bor panosiyo restoraniga murojaat qilamiz. Yapon taomlari bilan mashhur boʻlgan “Furusato” restorani mavsumiy menyular taklif etadi.

Bu yerda sushilar 50 000 soʻmdan, rollar 60 000 soʻmdan, boshqa ovqatlar esa 40 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Niyozbek yoʻli 3-tor koʻchasi, 6A.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−005−6132.


Livan oshxonasi

“Forn Lebnen”

Arab vaybini beruvchi restoran — “Forn Lebnen”. Toshkentning markazida Livan taomlarini tatib koʻrish mumkin.

Restoranda bir marta ovqatlanish narxi taxminan 50 000−100 000 soʻm atrofida boʻladi.

Manzil: Muqimiy koʻchasi, 8A.

Murojaat uchun telefon: (+998) 97−733−2111.


Xitoy oshxonasi

“Turandot”

Dunyo taomlari haqida soʻz ketganda oʻziga xos ekzotikasi va adrenalini bilan ajralib turadigan Xitoy taomlarini esdan chiqarish mumkin emas.

Restoranda salatlar 60 000 soʻmdan, boshqa ovqatlar esa 80 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Amir Temur koʻchasi, 2.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−005−8811.


Italyan oshxonasi

“Little Italy”

Restoranda kengaytirilgan menyu mavjud boʻlib, nafaqat pitsa yoki pasta, balki mazali desertlar va boshqa asosiy taomlarni ham tatib koʻrishingiz mumkin.

Piitsalar oʻrtacha 100 000 soʻmdan, pastalar esa 60 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Shota Rustaveli koʻchasi, 73.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−205−7566.


Gruzin oshxonasi

“Грузинский дворик”

Toshkentda turib Gruziyaga sayohat qilishni xohlasangiz ushbu restoranni tavsiya qilinadi. Restoranning ichki qismi gruzin rassomlari — Niko Pirosmanishvili va Lado Gudiashvilining suratlari nusxalari bilan boyitilgan.

Taomlarning nomlarini kuylashingiz ham mumkin: Gebjaliya, nadugi, mujuji, ajabsandal, xinkali, xachapuri, chashushuli, satsivi, tkemali, matsoni.

Restoranda birinchi ovqat narxlari 45 000 soʻmdan, ikkinchi ovqat narxi esa 75 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Abdulla Qahhor koʻchasi, 15.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−945−0008.


Afgʻon oshxonasi

“Zaytoon”

Toshkentda tanovul qilish mumkin afgʻon taomlari restorani “Zaytoon” oʻz atmosferasi bilan ajralib turadi.

Ushbu restoranda salatlar 15 000 soʻmdan, asosiy taomlar esa 45 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Rakatboshi koʻchasi, 85.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−051−7173.


Tailand oshxonasi

“Pad Thai”

Ushbu restoran ta’mlar orqali Tailandga sarguzashtlarga boy sayohat qilishga chorlaydi.

Restoranda asosiy panosiyo taomlari 55 000 soʻmdan boshlansa, boshqa ovqatlarni 35 000 soʻmdan boshlab xarid qilish mumkin.

Manzil: Shahrisabz koʻchasi, 6.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov