Ayollar ishi: Uzum Media ayollar biznes va oilada byudjetini qanday boshqarishi haqida ruknni yo‘lga qo‘ydi
Yangi «Moliyaviy odatlar» rubrikada tadbirkor ayollar moliyaviy mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdilar.
Uzum Media “Moliyaviy odatlar” ruknini ishga tushirdi, unda O‘zbekiston aholisi shaxsiy va oilaviy byudjetni boshqarish, karyera qurish va o‘z bizneslarini rivojlantirish usullari haqida so‘zlab berdi.
“Azaldan aynan ayollar bolalarni tarbiyalash va uyda saramjonlik uchun maʼsul bo‘lgan. Ayollar nafaqat karyera qurish yoki o‘z bizneslarini rivojlantirish, balki yirik xaridlar togrisida qaror qabul qilish, oilaviy sayohatlarni rejalashtirish, bolalar uchun to‘garak va seksiyalarni tanlash — umuman olganda, nafaqat shaxsiy, balki oilaviy byudjetini ham yuritishadi. Va bizning qahramonlarimiz moliyaviy rejalashtirish sirlari va pulni tejash yoki yigish usullari haqida hamma narsani biladiganga o‘xshaydi”, — dedi Uzum Media loyihasi rahbari Valeriya Bulicheva.
Uzum Media loyihasining birinchi qahramonlari ko‘p bolali ona Nodira va shifokor-ginekolog Zulfiya bo‘ldi. Oilaviy byudjetni boshqarish boyicha ulardan uchun bir nechta maslahatlar:
- bir nechta bank kartalari ochish va har birining imtiyozlaridan foydalanish;
- soliq ilovasi orqali cheklarni skaner qilib, xaridlardan 1% keshbek olish;
- taʼtil pullarini hammasini sarflab yubormasdan, saqlab qo‘yish;
- chegirmalar uchun promokodlardan foydalanish va katta savdo mavsumlarida sovg‘alar sotib olish;
- juma kunlari tibbiy muassasalarda bepul xizmatlardan foydalanish.
Mamlakat aholisi o‘z byudjetini qanday boshqarishi va qanday qilib tejash yoki oqilona sarflash bo‘yicha maslahatlar haqida ko‘proq maqolalar — Uzum Media‘ning “Moliyaviy odatlar” ruknida.
Reklama huquqlari asosida.