Yunusobod tumanidagi mahallalarga nom berish boʻyicha takliflar qabul qilinmoqda
E’lon qilingan sana: · 150
Toshkent shahar hokimligi aholini Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalar hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok etishga chaqirmoqda.
Nomlarni o‘zgartirishning rasmiy sababi geografik joylashuvlarning amaldagi nomlarining qonuniy talablariga mos kelmasligidir. Loyiha tashabbuskori — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi.
Geografik obyektlarga nom taklif qilish yoki yoqqan variantlarga ovoz berishning 3 xil yoʻli bor:
- geonom.tashkent.uz sayti orqali;
- +998−71−210−04−13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
- Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali.
Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida 2024-yilning 29-aprel kunidan 13-may kuniga qadar qatnashishi mumkin.