Dam olish kunlari Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 121

Dam olish kunlari — 4 va 5-may kunlari Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
4-may kuni havo bulutli boʻladi. Shamol janubi-sharqdan 10−15 km/soatgacha esadi. Harorat +25° gacha koʻtariladi, kechasi esa +17° gacha pasayadi. 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli 60 foizga baholanmoqda.
5-may kuni kunduzi momaqaldiroq va 90 foiz ehtimollik bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol janubdan 10−15 km/soatgacha esadi. Yakshanba kuni tushdan keyin havo harorati +22 °, kechasi esa +14 ° ga tushadi. Kechasi biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 10−15 km/soatgacha esadi.