Bitiruvchilarga “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalar berildi

E’lon qilingan sana· 663
Bitiruvchilarga “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalar berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda 2023−2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari maktablarda 2024-yilning 25-may, shanba kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar o‘tkaziladi. Unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

Tadbirlar mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi.

Bayramga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi. Yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari, maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas'uliyatli ota-ona”, “A'lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.

2023−2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

  • Turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari"ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
  • Bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;
  • O‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ