Endi Toshkentdagi mahalliy aeroport kirish yoʻlagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda haydovchiga yuboriladi

E’lon qilingan sana· 125
Endi Toshkentdagi mahalliy aeroport kirish yoʻlagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda haydovchiga yuboriladi

Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yoʻlagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlandi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati.

2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yoʻlagida ruxsat etilgan toʻxtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.

Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ