Anons

"Yevropa kuni" festivali

E’lon qilingan sana· 284
"Yevropa kuni" festivali

“Yevropa kuni” nishonlanishi munosabati bilan Botanika bogʻida Yevropa Ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 30 yillik hamkorligiga bagʻishlangan festival oʻtkaziladi.

Koʻrgazma barqaror rivojlanish maqsadlari, gender tengligi, taʼlim, savdo, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va boshqa sohalarga oid loyiha va dasturlar bilan tanishishni xohlovchilar uchun moʻljallangan. Koʻrgazma davomida tashrif buyuruvchilar iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga bagʻishlangan interfaol oʻyin, shuningdek, qishloq joylarda bandlik koʻnikmalarini rivojlantirishga oid oʻquv viktorinalarida ishtirok etishlari mumkin. Mehmonlar ushbu tashabbuslar mutaxassislariga savollar berish imkoniyatiga ega boʻladilar. Koʻrgazmada 40 dan ortiq loyiha ishtirok etadi.

“Climate Fresk” interfaol oʻyini iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish imkonini beradi. Oʻyinchilar iqlim oʻzgarishiga qanday omillar sabab boʻlishini bilib olishlari mumkin. Oʻyin IPCC (Intergovernmental Panel on ClimateChange) soʻnggi hisobotidagi maʼlumotlarga asoslangan.
Bundan tashqari, koʻrgazmada Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan EC-AGRIN loyihasi mahsulotlarining degustatsiyasi boʻlib oʻtadi.

Koʻplab Yevropa elchixonalari ham tadbirda qatnashadi: Slovakiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Slovakiyaning Yevropa Ittifoqidagi 20 yilligiga bagʻishlangan badiiy koʻrgazma tashkil etmoqda. Finlyandiya, Frantsiya, Ruminiya, Xorvatiya elchixonalari ham turli tadbirlar va fleshmoblar oʻtkazadi.

Tashrif buyuruvchilarni ma’ruzalar, koʻrgazmalar, fotozona, art-zona, intellektual oʻyinlar, raqs va konsertlar kutadi.

Gala-konsert 17:30da Botanika bogʻi amfiteatrida boshlanadi.

Kirish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ