ATTO ilovasiga shaharlararo avtobuslarga chipta sotib olish imkoniyati qoʻshildi

E’lon qilingan sana· 115
ATTO ilovasiga shaharlararo avtobuslarga chipta sotib olish imkoniyati qoʻshildi

“ATTO” mobil ilovasida shaharlararo yoʻlovchi avtobuslarga chipta xarid qilish imkoniyati qoʻshildi.

Chipta sotib olish uchun smartfondagi “ATTO” mobil ilovasining “Chiptalar” bo‘limiga o‘tish va avtobus belgisini tanlash kerak.

Keyin esa joʻnab ketish va kelish shaharlarini koʻrsatish va kerakli sanani tanlash kerak.

Shundan soʻng, avtobus chiptasining narxi, belgilangan manzildan joʻnab ketish vaqti, sayohat davomiyligi va avtobus modeli haqida ma’lumotlar paydo boʻladi.

Yo‘lovchilar avtobusda joy tanlash imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, chiptani toʻlashdan oldin ism va telefon raqamni kiritish kerak boʻladi.

ATTO ilovasida bogʻlangan transport kartasi yoki bank kartasi bilan toʻlovni amalga oshirgandan soʻng, foydalanuvchi sayohatdan oldin taqdim etilishi kerak boʻlgan onlayn chiptani oladi.


ATTO ilovasini Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ