Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 61
Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida iyun oyidan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 3-iyundan 129/130-sonli Andijon — Termiz — Andijon yo‘nalishida haftaning har dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bo‘ladi. Harakat vaqti: Andijon 16:24 — Termiz 12:55; Termiz 15:25 — Andijon 13:49.

3-iyundan 94/93-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida haftaning har dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha poyezdlar qatnaydi. Harakat vaqti: Toshkent 06:07 — Andijon 13:17.

6-iyundan esa 128/127-sonli Andijon — Namangan — Samarqand — Buxoro — Qo‘ng‘irot — Andijon yo‘nalishida esa haftaning har payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnovlar bajariladi. Harakat vaqti: Andijon 19:42 — Qo‘ng‘irot 22:37.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ