Toshkentda haftaning birinchi yarmi iliq boʻladi, ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi mumkin

E’lon qilingan sana· 99
Toshkentda haftaning birinchi yarmi iliq boʻladi, ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi mumkin

Dam olish kunlari kuzatilgan yomg‘irli va salqin ob-havodan so‘ng 20−22-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Poytaxtda 20-mayning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 22−24 daraja iliq bo‘ladi.

21−22-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14−17, kunduz kunlari 25−27 daraja issiq bo‘ladi.

Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida dushanbaning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

23−24-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Ushbu kunlarda harorat ko‘tariladi va haftaning o‘rtasiga kelib 24−29 daraja, janubda 30−32 daraja issiqqa yetadi.

22−23-may kunlari cho‘l hududlarda, 24-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 20−24-may kunlar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ