Toshkent aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

E’lon qilingan sana· 53
Toshkent aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan “Europcar” brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga berish kompaniyasi ish boshladi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati.

Xizmat Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalidan chiqishda joylashgan. Avtomobilni ijaraga olish uchun poytaxt aeroportiga kelgan yo‘lovchi “Europcar” peshtaxtasiga borib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va haydovchilik guvohnomasini taqdim etishi kerak.

Shundan soʻng, “Europcar.com”, “Expedia.com”, “EconomyBookings.com” onlayn platformalaridan biri orqali avtomobilni tanlashi, shartnoma tuzishi va depozit yoki ijara haqini toʻliq toʻlashi lozim. Roʻyxatdan oʻtish tugallangandan soʻng, yoʻlovchiga avtomobil kaliti beriladi va mashina oldiga kuzatib qoʻyiladi.

Kompaniya parkida yo‘lovchi mahalliy yoki xorijiy ishlab chiqaruvchi avtomobilini, shuningdek, elektromobil yoki benzinda ishlaydigan avtomobilni tanlashi mumkin. Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilgan yili toʻrt yildan, yurgan masofasi 80 ming km dan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi. Avtomobil ushbu koʻrsatkichlardan biriga yetgandan soʻng, mashina tizimdan chiqariladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ