Abdulla Qodiriy koʻchasidagi koʻprik vaqtincha yopildi
E’lon qilingan sana: · 395

Toshkentda qator chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan Abdulla Qodiriy koʻchasidagi, “Anhor Lokomotiv” bogʻi, “Ramada Tashkent” mehmonxonasi va boshqalar boʻylab oʻtuvchi koʻprik 25-mayigacha (shu kuni ham) transport vositalari harakati uchun yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
“Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilarga ish vaqtida muqobil yoʻlnalishlardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.