Oʻzbekiston Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksida yuqoriladi

E’lon qilingan sana· 284
Oʻzbekiston Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksida yuqoriladi

Jahon iqtisodiy forumi (JIF) har ikki yilda eʼlon qilinadigan Sayohat va turizmni rivojlantirishning 2024-yilgi indeksini e’lon qildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga asoslanib, xabar berdi.

Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksida Oʻzbekiston 2023 va 2024-yillarda ham ballar, ham reyting boʻyicha ko‘rsatkichlari eng koʻp yaxshilangan mamlakatlar qatorida boʻldi. 2023-yilda to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan 2024-yil indeksi 119 ta davlatni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston o‘rtacha 3,68 ball bilan 78-o‘rinni egalladi. Avvalgi indeksga koʻra, 94-o‘rinni egallagan Oʻzbekiston 2019-yildan buyon reytingda 16 pog‘onaga ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksi uchun ma’lumotlar bir nechta manbalardan (IATA, Jahon banki, YUNESKO, BMT turizmi, Jahon savdo tashkiloti va boshqalar), jumladan, JIF rahbariyatining yillik so‘rovidan olingan.

Indeksda 17 ta turli koʻrsatkichlar mavjud boʻlib, ular beshta tematik yoʻnalishga boʻlingan (qulay muhit, siyosat va qulay sharoit, infratuzilma va xizmatlar, resurslar, barqaror rivojlanish). Indeks 2019, 2021 va 2024-yillarda eʼlon qilingan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ