Dam olish kunlari Toshkentda havo harorati pasayib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
Toshkent shahrida 25 va 26 may kunlari momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi, havo haroratining pasayishi kutilmoqda .
25-may kuni kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, kunduzi kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati +28° gacha koʻtariladi. Shamol janubdan, janubi-g‘arbdan 10−15 km/soat tezlikda esadi. Kun davomida yomgʻir yogʻishi ham mumkin. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +11° gacha tushadi. Shamol shimoldan, shimoli-g‘arbdan 15−30 km/soat tezlikda esadi.
26-may kuni havo biroz bulutli bo‘ladi. Yakshanba kuni havo harorati +21° gacha koʻtariladi. Shimoli-gʻarbiy gʻarbdan 15−25 km/soat tezlikda esadi. Dushanba kechasi ham biroz bulutli boʻladi . Harorat +10 ° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 10−15 km/soat tezlikda esadi.