May oyining oxirida havo harorati isishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 94
May oyining oxirida havo harorati isishi kutilmoqda

Toshkentda bahorning so‘nggi kunlarida yog‘ingarchiliksiz, issiq va quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

27-may kuni biroz bulutli havo boʻladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +28° gacha ko‘tariladi, kechasi esa +15° gacha tushadi.

28-may kuni esa ertalab bulutli, kunduzi esa quyoshli havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +28° gacha boʻladi. Kechasi esa +14° gacha tushadi.

29-may kuni havo biroz bulutli va yog‘ingarchiliksiz boʻladi. Kunduzi havo harorati +28° gacha koʻtariladi, kechasi esa +15° gacha tushadi.

30-may kuni havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +30° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo harorati +16° gacha tushadi.

31-may kuni havo harorati +32° gacha ko‘tariladi va biroz bulutli bo‘ladi. Shanba kunga oʻtar kechasi ham biroz bulutli havo kuzatiladi. Harorat +17° gacha tushadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ