Toshkent hayvonot bogʻidagi "Primatlar" boʻlimi vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 105
Toshkent hayvonot bogʻidagi "Primatlar" boʻlimi vaqtincha yopildi

Toshkent hayvonot bogʻining “Primatlar” boʻlimi ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda bog' ma’muriyati xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari 1−1,5 oyga choʻziladi.

“Toshkent hayvonot bog‘ining „Primatlar“ bo‘limi Toshkent hayvonot bog‘i jonivorlari yashash sharoitlarini hamda siz aziz mehmonlarimiz uchun yaxshilashga qaratilgan ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 1−1,5 oyga vaqtincha yopildi!”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu boshqa boʻlimlarga ta’sir oʻtkazmaydi, ular odatdagidek ishlashda davom etadi.

Avvalroq hayvonot bogʻining ish vaqti uzaytirilgani, endi u 8:00 dan 20:30 gacha ishlayotgani haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ