O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik mavzuiy park barpo etiladi

E’lon qilingan sana· 917
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik mavzuiy park barpo etiladi

Yangi park “The Grand Serai” nomini oladi. Noyob majmua tarkibiga bir vaqtda bir qancha xalqaro toifadagi obyektlar — mavsum tanlamas akvapark, attraksionlar parki, mehmonxona, savdo galereyasi, restoranlar va fudkortlar, rekreatsion plyaj hududi kiradi.

Majmua maydoni 28 gektarni tashkil qiladi, shundan 20 gektarini akvapark egallaydi. Parkni loyihalashtirish va qurishga investitsiyalar hajmi 200 million AQSh dollaridan ziyod.

Maxsus “The Grand Serai” parki uchun Amerikaning “Legacy Entertainment” kompaniyasi 20 dan ortiq noyob va hayratlanarli attraksionlarni ishlab chiqqan. Ta’kidlanishicha, ular dunyoda birinchi marta 3D mapping innovatsion texnologiyalari qo‘llaniladigan tungi teatrlashtirilgan akrobatik shouning uzviy elementi bo‘ladi.

Proeksiyaviy mepping obyekt geometriyasini “o‘qish” imkonini beradi va uni “jonlantiradi”, bu bilan ajoyib illyuziyalar va harakatdagi pefromanslar yaratadi. “The Grand Serai” uchun shou ishlab chiqish “Dyu Soley” sirki mutaxassislarini jalb qolgan holda amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Park arxitektura konsepsiyasi O‘zbekiston tarixi va an’analari asosida yaratilgan. Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, loyiha hozirda manzil tanlash bosqichida turibdi.

Loyiha ustida Amerika kompaniyasi ishlamoqda, bunga qadar u mashhur “Universal Studios”, “Lotte World” (Janubiy Koreya) parklari va dunyodagi eng yirik usti yopiq park — Xitoydagi “Chimelong"ni loyihalashtirgan. O‘zbekistonda park joylashadigan hudud hozircha aniq belgilanmadi. Investitsiyalar 200 mln AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil qiladi.

“The Grand Serai” loyihasini quyidagi videoda tomosha qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ