Dam olish kunlari havo harorati deyarli 40 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 86
Dam olish kunlari havo harorati deyarli 40 darajagacha koʻtariladi

Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari 18−23, 7-iyun kunduzi 32−37, 8−9-iyunda esa 34−39 daraja issiq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19−22, 7-iyun kuni 34−36, 8−9-iyunda esa 35−38 daraja bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ