O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

E’lon qilingan sana· 460
O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun — yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Oʻzbekistonda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Ta’kidlanishicha, Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi. Shuningdek, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ