Zominda boʻlib oʻtadigan II Xalqaro maqom san’ati festivali doirasida yutuqli tanlov e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 305
Zominda boʻlib oʻtadigan II Xalqaro maqom san’ati festivali doirasida yutuqli tanlov e'lon qilindi

27−30-iyun kunlari Zomin tumanida “II Xalqaro maqom san’ati festivali” o‘tkaziladi. O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Ma’lumotga koʻrsa, xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholanadi.

“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo‘lib o‘tishi koʻzda tutilgan.

Shu bilan bir qatorda, festival doirasida “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

Tanlov quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:

  • “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovida videorolik 3 minutlik bo‘lishi, foto sifati talab darajasida bo‘lishi;
  • “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovi Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lishi;
  • “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovi materiallari tanlov talablariga to‘g‘ri kelishi (ekspozitsiya, kulminatsiya, final);
  • adabiy til normalariga javob berishi;
  • asoslantirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.

Texnik talablar va tafsilotlar bilan ushbu havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishib chiqish mumkin.

Media materiallarni topshirish muddati — 2024-yil 30-iyunga qadar.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar media materiallarni massmedia@nationalprcentre.com pochtasiga yuborishlari lozim. Qo‘shimcha ma’lumot kerak boʻlsa, Telegram orqali bogʻlanish soʻraladi: @uzbtravelsupport

“Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” nominatsiyalarining har bir g‘olibiga uyali aloqa vositasi sovg‘a qilinadi.

Tanlovni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Tanlov tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan taqdirda, bu haqda ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ