Hafta davomida Toshkentda havo harorati +41° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 867
Hafta davomida Toshkentda havo harorati +41° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkentda 24—28-iyun kunlari havo harorati +41° gacha ko‘tarilishi, biroz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Dushanba kuni kunduzi biroz bulutli, havo harorati +34° boʻladi. Kechasi ham havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +23° gacha tushadi.

Seshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati +37 ° gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +23° gacha tushishi kutilmoqda.

Ish haftasining oʻrtalarida havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +39° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Payshanba kuni kechqurun, ob-havo ma’lumotlariga koʻra , biroz bulutli va +25° gacha tushadi.

Payshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda va haftaning eng yuqori harorati +41° gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +26° gacha pasayadi.

28-iyun kuni biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +39° gacha ko‘tariladi. Shanba kuni kechqurun ham biroz bulutli boʻladi. Havo harorati +24° gacha tushishi kutilmoqda.