"Elektromobillik kelajagi" mavzusida rassomlar uchun tanlov e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 278
"Elektromobillik kelajagi" mavzusida rassomlar uchun tanlov e'lon qilindi
Foto: Easy Drawing SA

Elektromobillarning rasmiy distribyutori boʻlgan “Zeekr” tomonidan “Gallery 81” koʻmagida “Oʻzbekiston va elektromobillik davri” mavzusida tanlov e’lon qilindi.

Oltita eng yaxshi ish, hakamlar hay’ati bahosiga ko‘ra, “Tashkent City” bogʻida taqdim etiladi va 29-iyun kuni “Zeekr” rasmiy dillerlik markazining ochilish marosimi doirasida yakuniy natijaga ko‘ra asosiy g‘olib aniqlanadi.

G‘olib Toshkent shahridagi “Gallery 81” rezident rassomlari ko‘rgazmasida ishtirok etish, hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olingan asarlarini “Zeekr City” dillerlik markazida namoyish etish va tanlov hamkorlaridan axborot ko‘magi olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlovda o‘zbekistonlik strit-art, graffiti, rassomchilik va grafika texnikalarida ijod qilayotgan rassomlar taklif etilgan. Arizalarni qabul qilish 26-iyunga qadar davom etadi.

Ijodiy ishlarni (ikkitadan ko‘p bo‘lishi kerak emas) shu yerda 26-iyungacha joylashtirish lozim.

Musobaqa taqvimi:

  • 24−26 iyun — tanlov uchun ijodiy ishlar to‘planadi;
  • 27-iyun — oltita final bosqichiga oʻtganlar e’lon qilinadi;
  • 28-iyun — rasmlar bannerga joylanadi;
  • 29-iyun — ovoz berish jarayoni oʻtkazilib, asosiy g‘olib aniqlanadi.

Afisha.uz — tadbirning rasmiy axboriy hamkori.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ