Toshkentdagi muzqaymoq yeyish mumkin boʻlgan 10 ta joy

E’lon qilingan sana· 12 069
Toshkentdagi muzqaymoq yeyish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Toshkentda jazirama kunlar davom etmoqda. Poytaxt aholisi issiqqa qarshi turli usullar bilan kurashishga harakat qiladi. Kimdir choʻmilish havzalariga borsa, yana kimdir uyda, konditsioner yoqilgan salqin xonada qolishni afzal biladi.

Afisha.uz issiqqa qarshi kurashishning yana bir usulini taklif qiladi. Bu — muzqaymoqlar! Ushbu toʻplamda Toshkentdagi muzqaymoq yeyish mumkin boʻlgan 10 ta joy bir yerga jamlandi.


“Ganga muzqaymogʻi”

Toshkentda afsonaviy “Ganga muzqaymogʻi"ni tatib koʻrmagan yoki u haqda eshitmagan (“Via Marokand” guruhini mashhur qilgan qoʻshiqda ham tilga olinadi) odam boʻlmasa kerak. Bu muzqaymoqlar ta’mi bilan ko‘p yillardan buyon odamlarni oʻziga chorlab keladi.

Narxlar:

  • shokoladli — 8000, 9000, 12 000, 18 000, 20 000 soʻm;
  • plombir — 8000, 9000, 12 000 soʻm, 18 000, 20 000 soʻm;
  • shokoladli plombir — 8000, 9000, 12 000 soʻm, 18 000, 20 000 soʻm;
  • malina va oʻrikli — 8000, 9000, 12 000 soʻm, 18 000, 20 000 soʻm;
  • olchali va bananli — 8000, 9000, 12 000 soʻm, 18 000, 20 000 soʻm;
  • barcha muzqaymoqlar stakanda — 11 000 soʻm.

Manzil:


Dolce Italia

Toshkentdagi Italiya desertlarini tayyorlashga ixtisoslashgan birinchi kafe hisoblanadigan Dolce Italia koʻplab filiallarga ega. Delikateslarning assortimenti xilma-xil. Klassik ta’mlarni ham, qiziqarli zamonaviy ta’mlarni ham tatib koʻrishingiz mumkin.

Muzqaymoqlar narxlari:

  • 80 gramm — 17 000 soʻm;
  • 100 gramm — 20 000 soʻm;
  • 140 gramm — 23 000 soʻm;
  • 170 gramm — 30 000 soʻm;
  • 200 gramm — 30 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−256−7881.

Manzilar:


“На Дубовой”

Toshkent shahri axolisi uchun juda yaxshi tanish boʻlgan maskanda muzqaymoqni katta “порция"larini xarid qilishingiz mumkin.

Narxlar:

  • 500 gramm — 62 000 soʻm;
  • 600 gramm — 74 000 soʻm;
  • 1 kilogramm — 130 000 soʻm;
  • 1,5 kilogramm — 190 000 soʻm.

Manzil:


Giotto

“Gitto” uzoq vaqtdan beri oʻzining turli xildagi shirin ta’mlari va mahsulotlarining sifati bilan shirinlikxoʻrlar tomonidan seviladi. Maskan oʻzining koʻplab turdagi muzqaymoqlari va vaflilari bilan ajralib turadi.

Menyudagi barcha muzqaymoqlarning narxi 14 000 soʻmni tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−234−9665.

Manzillar:

Baskin Robbins

2018-yilning oxirida Toshkentda ilk bor Amerikaning mashhur muzqaymoq kafesi Baskin Robbins ochilgan. Baskin Robbins 1945-yildan beri dunyo boʻylab 7000 dan ortiq kafelar ochgan.

Narxlar:

  • 70 gramm (bitta toʻpchasi) — 35 000 soʻm;
  • 112 gramm (bitta supertoʻp) — 45 000 soʻm;
  • 224 gramm (ikkita supertoʻp) — 88 000 soʻm;
  • bolalar seti — 45 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 93−502−2599.

Manzillar:


Air Waffle

Ushbu maskanda muzqaymoqlar ajoyib Gongkong vaflilari bilan birga tortiq etiladi. Air Waffle’da muzqaymoqlarning har xil turlarini tatib koʻrishingiz mumkin.

Narxlar:

  • chizkeyk oreo — 55 000 soʻm;
  • lotus — 55 000 soʻm;
  • chizkeyk qulupnay — 60 000 soʻm;
  • bananli va qulupnay nutella — 60 000 soʻm;
  • bananli nutella — 50 000 soʻm;
  • mevali — 50 000 soʻm;
  • ekzotika — 55 000 soʻm;
  • kit Kat — 50 000 soʻm;
  • kinder — 55 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 33−233−3233.

Manzillar:


GIA!

Toshkentning daraxtlarga boy joylaridan biri Eko Park yaqinida joylashgan muzqaymoq tayyorlovchi joy qulay narxdagi va har xil turdagi maxsulotlarni taklif etadi.

Narxlar:

  • kichik — 15 000 soʻm;
  • ikki xil ta’mli katta — 20 000 soʻm;
  • uch xil ta’mli katta — 25 000 soʻm;
  • bolalar uchun — 10 000 soʻm.
  • kichik stakan — 15 000 soʻm
  • oʻrtacha stakan — 20 000 soʻm
  • katta stakan — 25 000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 90−289−9331.

Manzil:


Ice and Gold Exclusive

Ice and Gold Exclusive kafesi sizga katta shokoladli assortimentga ega muzqaymoqlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, Belgiya va Gonkong vaflilaridan ham tatib koʻrishingiz mumkin.

Narxlar:

  • jelato muzqaymoqlar — 14 000 soʻm;
  • eksklyuziv muzqaymoqlar — 35 000 soʻm.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 94−634−1414; (+998) 77−138−1414.

Manzil:

Said Baraka koʻchasi, 21.


Evos

Fast-food taomlari bilan mashhur boʻlgan Evos kafelar tarmogʻi jazirama issiqda mijozlarga muzqaymoq ham taklif etadi.

Narxlar:

  • nonli — 5000 so‘m;
  • kamalak babl — 11 000 so‘m;
  • shoko babl — 11 000 so‘m;
  • shokolad sousli — 11 000 so‘m;
  • qulupnay sousli — 11 000 so‘m;
  • karamel sousli — 11 000 so‘m.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−1212.

Manzillar:


KFC

Oʻz muzqaymoqlarini sotuvga chiqargan yana bir fast-food restorani KFC hisoblanadi. Ushbu maskanda ikki turdagi muzqaymoqlar sotiladi.

Narxlar:

  • qulupnayli “Yoz xayoloti” muzqaymogʻi — 11 000 soʻm;
  • quyma “Yozgi” muzqaymogʻi — 6000 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−129−7000.

Manzillar:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov