Dam olish kunlari Toshkentda qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 2 864
Dam olish kunlari Toshkentda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkentda 29 va 30-iyun kunlari havo harorati yuqori bo‘lib qoladi — kunduzi havo harorati +37° gacha ko‘tariladi.

Sinoptiklar maʼlumotlariga koʻra, shanba kuni poytaxtda bulutli ob-havo kuzatiladi, havo harorati +37° gacha koʻtariladi. Shamol shimoli-g‘arbdan 16 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +24° gacha tushadi.

Yakshanba kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +36° gacha ko‘tariladi. Shamol shimoli-g‘arbdan 16 km/soat tezlikda esadi. Dushanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻlib , harorat +23° gacha tushishi kutilmoqda.