Oʻmon oʻzbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi
E’lon qilingan sana: · 130
Oʻmon davlati Oʻzbekiston fuqarolari uchun 14 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi. Bu haqda Oʻmonning Oʻzbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Bundan tashqari, mamlakatda belgilangan muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-martdan boshlab Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.