Esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizayni boʻyicha tanlov e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 136
Esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizayni boʻyicha tanlov e'lon qilindi

“Davlat belgisi” DUK esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlari tanlovini e’lon qildi. Tanlovda tasviriy sanʼat, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boshqa turdosh sohaga oid bilim va tajribaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Dizayn konsepsiyasi va tematikasi quyidagilardan iborat:

  • Tarixiy va muqaddas qadamjolar;
  • Oʻzbek xalqining qadriyatlari, madaniyati va tarixi;
  • O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi;
  • Buyuk Ipak yo‘li;
  • Sport sohasi;
  • Tabiat va hayvonot olami;
  • Milliy hunarmandchilik;
  • Erkin mavzu.

Ta’kidlanishicha, tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi. Har bir bosqichning shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Komissiya taqdim etilgan dizayn loyihalarini 5 ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi va 15 ta g‘olibni tanlab oladi. Bunda:

  • 1-o‘rin uchun — 20 million so‘m;
  • 2-o‘rin uchun — 15 million so‘m;
  • 3-o‘rin uchun — 10 million so‘m;
  • 4−15 o‘rinlar uchun har biriga 3 million so‘mdan mukofot pullari g‘oliblar eʼlon qilingan kundan 7 ish kuni mobaynida muallifning bank plastik kartasiga to‘lab beriladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar ichidan mavzuga doir yo‘nalish bo‘yicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari muallifiga qo‘shimcha bir marotabalik 10 million so‘m miqdorida gonorar to‘lab beriladi.