Zeekr falsafasi: nafaqat chiroyli, balki amaliyotga mos va pragmatik elektromobil

E’lon qilingan sana· 772
Zeekr falsafasi: nafaqat chiroyli, balki amaliyotga mos va pragmatik elektromobil

29-iyun kuni premium klasdagi aqlli elektrmobillar brendi boʻlgan Zeekr uchun muhim voqea — Zeekr City flagman dilerlik markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish yopiq tadbir formatida brend mijozlari, biznes va OAV vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy qismida xonanda Rayhon chiqish qildi.

Tantanali tadbirdan bir oy oldin Zeekr kompaniyasining xalqaro mediaturi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya va Moldovadan jurnalist va avtoblogerlar ishtirok etdi. Ekskursiya doirasida biz Shanxaydagi hamma narsa eskizlardan boshlanadigan dizayn markaziga tashrif buyurdik, Ningbo shahridagi eng ilgʻor texnologik zavodda boʻldik, shuningdek, brend bilan yaqindan tanishish maqsadida poygalar chempioni bilan birga maydonchada bir qator sinov-drayvlar oʻtkazdik.

Dizayn

“Hammasi eskizlardan boshlanadi” — Zeekr dizayn jamoasi bilan tanishuvimiz shu ibora bilan boshlandi. Ha, ha, oʻsha har bir bola tomonidan qilingan bolalarcha orzudagi mashinani ixtiro qilish va yaratish istagidan. Bu iborani eshitgandan soʻng, media-tur guruhidagi barcha erkaklar bosh irgʻab, bir bor xoʻrsindi.

Zeekr bir vaqtning oʻzida bir nechta ustunlarni oʻz ichiga oladi: texnologiya, tezlik va xavfsizlik. Aytgancha, 31-may kuni Zeekr X va Zeekr 001 avtomobillari 2024-yildagi Euro NCAP (Yevropa yangi avtomobillarni baholash dasturi) mustaqil krash-testlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Elektromobilni noldan yaratish gʻoyasini amalga oshirish uchun 5 yil kerak boʻlgan. Aynan karantin ushbu gʻoyani hayotga tatbiq etishga turtki boʻlgan. Shunday qilib, 2021-yil 15-aprelda Zeekr brendi ishga tushdi va 2024-yilning mayigacha 250 000 ta avtomobil ishlab chiqardi.

Dizaynerlar jamoasi 30 mamlakatdan kelgan 500 kishidan iborat boʻlib, ular Gyotborg (Shvetsiya) va Shanxay (Xitoy)dagi ikkita maxsus ofisda faoliyat olib boradi. Yevropadagi ofisda texnik guruhlar ham joylashgan.

Dizaynerlarning asosiy vazifasi soʻnggi va keyingi 10 yil davomida dolzarb boʻlgan narsalarni amaliyotga kiritish, raqamli yangilanishni amalga oshirishdir. Shunda avtomobil hayotingizning bir qismiga aylanib ketgan qoʻlingizdagi smartfon kabi sodda va organik boʻladi. Buning uchun turli mamlakatlardan kelgan dizaynerlar jamoasi har hafta VR ko‘zoynak taqqan holda uchrashib, immersiv rejimda nyuanslar ustida ishlaydi.

Shvetsiyadagi muhandislar jamoasi asosiy texnologiyalarni, jumladan, avtomobil arxitekturasi, quvvat uzatgichlari, shassilari va Advanced Driver Assistance Systems (ADAS) ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Ular, shuningdek, barqaror mobillik kelajagiga yo‘l ochish uchun Shvetsiya va butun dunyoda startaplar, innovatsion markazlar va akademiyalar bilan hamkorlik qiladi.

Model X, dizaynerlarning fikriga koʻra, Zeekr’ning ruhini beradi — “mashinada xuddi uydagidek”. Eng yangi modellar elektromobil bozorida raqobatbardosh hisoblanadi va dizayn keyingi 15 yil davomida dolzarbligini yoʻqotmaydi. Lekin bu hammasi emas: grafik raqamli paneldagi 200 dan ortiq LED elementlari piyodalar va tashqi dunyo bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bu Zeekr’ning so‘nggi sedan modelida mavjud bo‘lgan uchta zamonaviy muhandislik yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, tashqi koʻrinish, tajovuzkorlik va elektr motor dunyo tendensiyalariga mos keladi.

Ishlab chiqarish

Media-turning navbatdagi bosqichi Ningbo shahridagi Zeekr zavodiga tashrif boʻldi.

Uning maydoni 1,3 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Zeekr’ning intellektual zavodi 5G, sun’iy intellekt kabi ilgʻor ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini birlashtiradi.

U yanada barqaror tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish uchun raqamli egizaklar texnologiyasidan foydalanadi, intellektual ishlab chiqarish jarayonlari orqali mahsulot sifatini ta’minlaydi va internet tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan “shaffof, moslashuvchan va aqlli” ishlab chiqarish tizimini yaratadi.

Ishlab chiqarishga besh bosqichli sifat nazorati jarayoni joriy etilgan.

  1. tijorat nazorat liniyalari;
  2. boshqarish liniyalari;
  3. ekspluatatsion sinov liniyalil;
  4. yomgʻir sinov liniyalari;
  5. yetkazib berishdan oldingi tekshirish (Pre-Delivery Inspection).

Bundan tashqari, kompaniya har bir avtomobilni 3000 dan ortiq baholash punktidan foydalangan holda baholaydi va sifatni kafolatlaydi.

Test-drayv

Sinov uchun biz Geely — Ningbo International Circuit maxsus sinov poligoniga bordik. U yerda bizni uchta jamoaga boʻlishdi, ular bizga oltita mashinani (uchta Zeekr X va uchta Zeekr 001) ishonib topshirdi va mashinalarda xohlagan narsani qilishimizga ruxsat berdi.

Avvalroq Afisha muharrirlari Zeekr X va Zeekr 001 mashinalarini Toshkentda sinovdan o‘tkazib, Instagram va YouTube’da rus va o‘zbek tillarida sharhlar bilan bo‘lishgandi.

Netralka.tv kanali muallifi, avtobloger Kamron Ahmedov Xitoydagi sinov maydonchasi atmosferasini namoyish qildi.

Zeekr City markazidagi rasmiy distribyutordan elektromobilni sotib olish orqali mijozlar bir qator afzalliklarga ega boʻladi:

  • 4 yil (48 oy) yoki 100 000 kilometrlik kafolat;
  • elektr motor va akkumulyator uchun 8 yil (96 oy) yoki 200 000 kilometr kafolat;
  • Apple CarPlay va Android Auto;
  • rus tilidagi interfeys;
  • rasmiy va sotuvdan keyingi xizmatlar.

Hozirda sotuvda elektromobilning eng mashhur ikkita modeli Zeekr 001 va Zeekr X bor. Ikkala model ham Yevropada yig‘ilgan ikkita komplektatsiya Flagship va Premium’da taqdim etilgan. Mashinani kreditga sotib olish imkoni bor.

Ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha dam olish va tanaffuslarsiz.
Call-center raqami: (+998) 78−120−0021.
Manzil: Toshkent shahri, Zargar koʻchasi 33, Summit biznes markazi ro‘parasida.