Yandex Go Toshkentda samokat ijarasini yoʻlga qoʻydi

E’lon qilingan sana· 208
Yandex Go Toshkentda samokat ijarasini yoʻlga qoʻydi

Toshkentda “Yandex Go” ilovasi orqali elektrosamokatlarni ijaraga olishi imkoniyati paydo boʻldi. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda samokatlar avtomatik tarzda tezlikni pasaytiradi va ilova xavfsizlik qoidalarini eslatadi. Bunday hududlar shahar bilan hamkorlikda belgilanadi va ilova xaritasida ko‘rsatiladi.

Samokatni band qilgandan keyin foydalanuvchilar unga yetib borishi uchun 10 daqiqa bepul vaqt beriladi. Sayohat narxi bir daqiqasi uchun 890 so‘mdan boshlanadi. Safar narxlari:

  • 30 daqiqa — 20 990 so‘m;
  • 50 daqiqa — 32 990 so‘m;
  • 100 daqiqa — 61 990 so‘mlik paketlarni ham xarid qilish mumkin.

Foydalanuvchilar sayohat oldidan samokatlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar oladi. Haydash taqiqlangan hududlarda samokatlar asta-sekin tezlikni pasaytirib, to‘xtaydi.

“Elektroskuterlar qisqa sayohatlar uchun juda qulay, ular tirbandliklarda qolmaslikka va vaqtni tejashga yordam beradi. Xavfsiz haydash uchun ehtiyot choralariga rioya qilish muhim. Shuning uchun biz yo‘llar va trotuarlarda to‘g‘ri harakat qilishga, shuningdek, boshqa yo‘lovchilarga ham hurmat ko‘rsatishga katta e’tibor qaratamiz”, — deydi MDH mamlakatlaridagi Yandex Go Samokatlar xizmati rahbari Temirlan Toguzbayev.

Qayd etilishicha, bir akkauntdan bir vaqtning o‘zida uchtagacha samokatni band qilish mumkin, bu do‘stlar yoki qarindoshlar uchun samokatlar band qilishda qulay boʻladi. Bir paytda bir nechta samokat olishni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: ilovadagi “Yana bitta” tugmasi orqali yoki samokat korpusidagi QR-kodni skanerlash orqali.

Ta’kidlanishicha, elektrosamokatdan foydalanish xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun unda bitta odam harakatlanishi kerak. Samokatlarni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish va ulardan foydalanish mumkin. Yandex Go samokatida sayohat qilayotgan foydalanuvchilarning hayoti va sog‘ligi sug‘urtalangan.

Sayohat uchun to‘lov avtomatik ravishda ilovaga bog‘langan karta orqali amalga oshiriladi. Samokatlarni ijaraga olish xizmatidan foydalanish uchun “Yandex Go” ilovasini so‘nggi versiyaga yangilash kifoya.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afisha.uz samokatlarni qanday ijaraga olish mumkinligi boʻyicha batafsil qoʻllanma tayyorlagandi.