"Shimoliy" vokzaldan yuruvchi aksariyat poyezdlar vaqtincha "Janubiy" vokzaldan harakatlanadi

E’lon qilingan sana· 88
"Shimoliy" vokzaldan yuruvchi aksariyat poyezdlar vaqtincha "Janubiy" vokzaldan harakatlanadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar qatnovini vaqtincha Toshkent Janubiy vokzalidan amalga oshiradi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

15-iyulidan 15-avgustigacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Bu Olmaota-Toshkent-Olmaota, Toshkent-Novosibirsk-Toshkent, Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent-Xojikent-Toshkent shaharlararo poyezdlaridan tashqari, Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlarga taalluqlidir.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda Toshkent-Andijon-Toshkent, Toshkent-Volgograd-Toshkent, Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘lovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

Bir oy davomida Toshkent-Markaziy vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni Janubiy vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qo‘yiladi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent-Markaziy hamda Toshkent-Janubiy vokzallaridagi barcha chiptaxonalar uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham sotib olish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ