“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro reyslarga chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 123
“Uzbekistan Airways” bir qator xalqaro reyslarga chegirma e’lon qildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkent va Samarqanddan qator xalqaro reyslarga 20 foizli chegirma taqdim etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kunlik aksiya davomida quyidagi aviaqatnovlarga 20 foiz chegirma beriladi:

  • Toshkentdan Boku, Goa, Dubay, Nijnevartovskka va ortga;
  • Samarqanddan Nijniy Novgorodga va ortga.

Aksiya faqat bir kun — 11-iyul kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 20 foizli chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ