“Do‘stlik” bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 512
“Do‘stlik” bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi e’lon qilindi

“BMP Smart Decision Management” kompaniyasi vakillari yangilanayotgan “Do‘stlik” bog‘ining batafsil loyihasini taqdim etdi.

Sobiq “Bobur” istirohat bog‘ida katta charxpalak (Ferris gʻildiragi) o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, raqs maydonchasi, skeyt-park va aviariy — qushlar va tabiiy landshaft boʻladigan katta qushxona qurish rejalashtirilgan.

“BMP Smart Decision Management” direktori Otabek Mirzajonovning ta’kidlashicha, bog‘ning aksariyat qismi shunchaki obodonlashtiriladi.

Shuningdek, u rekonstruksiya Seul va “Sietl” bog‘lari hamda Tinchlik qo‘ng‘irog‘iga ta’sir qilmasligini aytdi.