Hafta davomida Toshkentda havo harorati 40 darajadan ko‘tariladi

Prognozlarga koʻra, 22-iyuldan 26-iyulgacha Toshkentda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi, havo harorati +40° dan oshishi kutilmoqda.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻladi. Havo harorati +39° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol shimoli-g‘arbdan 17 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +25° gacha tushadi.
23-iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +39° gacha ko‘tariladi. G‘arbdan janubi-g‘arbdan — 14 km/soat tezlikda shamol esadi. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, harorat +25° gacha tushadi.
Chorshanba kuni tushdan keyin biroz bulutli boʻladi. Havo harorati +39° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 14 km/soat tezlikda esadi. Payshanba kuni kechqurun havo biroz bulutli boʻlib, harorat +26° ga tushadi.
25-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +41° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 13 km/soat tezlikda esadi. Kechasi biroz bulutli, +27° daraja issiq havo boʻlishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin poytaxtda havo bulutli bo‘lishi, havo harorati +41° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol janubi-g‘arbdan 18 km/soat tezlikda esadi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat +26° gacha tushishi kutilmoqda.