O‘zbekistonlik 16 yoshli qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 938
O‘zbekistonlik 16 yoshli qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Germaniyaning Gettingen shahrida o‘zbekistonlik Rayyona Ibrohimova nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mazkur olimpiadada 62 davlatdan o‘quvchilar ishtirok etgan. Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni bangladeshlik Mahek Xon va shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bilan bo‘lishdi.

Yosh o‘quvchilar orasida nemis tili bo‘yicha bilim va ijodkorlikni baholovchi tanlovda “kumush” va “bronza” Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Britaniya vakillariga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, Rayyona 16 yoshda bo‘lib, kelajakda Germaniyada nemisshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan.