O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam oladi

E’lon qilingan sana· 1 237
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam oladi

“2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident qarori bilan sentyabr oyida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunini nishonlash munosabati bilan mamlakat aholisi ish haftasi turidan qat’i nazar, ketma-ket to‘rt kun — 31-avgust, 1, 2 va 3-sentyabr kunlari dam oladi.

3-sentabr ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangan. 1-sentabr O‘zbekiston Mustaqillik kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois bayram 2-sentabr dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda besh kunlik ish haftasiga o‘tgan ishchilar sentyabr oyida 11 kun dam oladi.