Oʻzbekistonning barcha hududlarida “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi
E’lon qilingan sana: · 400
Oʻzbekistonning barcha hududlarida 15−25 avgust kunlari mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiyada ishtirok etish orqali, nafaqat ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shish, balki kelajak avlod uchun pok va sog‘lom hayot muhitini yaratishga ham xizmat qilish mumkin.
Ushbu havola orqali aksiya o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib chiqish mumkin. “Plogging” aksiyasida ishtirok etish uchun esa ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.