5-sentyabrdan ba'zi shaharlararo poyezdlar harakat jadvali oʻzgaradi
2024-yilning 5-sentabrdan boshlab texnik sabablarga ko‘ra ba’zi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar harakat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi, deya xabar bermoqda “Oʻztemiryoʻlovchi” AJ axborot xizmati.
Unga koʻra, quyidagi poyezdlar harakati oʻzgaradi:
6441-sonli “Toshkent — Xojikent” yoʻnalishi:
- Toshkent 18:55 — Xojikent 21:06.
6453-sonli “Xavast — Toshkent” yoʻnalishi:
- Xavast 4:26 — Toshkent 7:46.
6407-sonli “Sirdaryo — Toshkent” yoʻnalishi:
- Sirdaryo 4:20 — Toshkent 6:33.
6414-sonli “Toshkent — Guliston” yoʻnalishi:
- Toshkent 12:54 — Guliston 15:12.
6418-sonli “Toshkent — Sirdaryo” yoʻnalishi:
- Toshkent 20:30 — Sirdaryo 22:43.
6449-sonli “Bekobod — Toshkent” yoʻnalishi"
- Bekobod 6:30 — Toshkent 9:59.
6450-sonli “Toshkent — Bekobod” yoʻnalishi:
- Toshkent 17:01 — Bekobod 20:43.
6454-sonli “Toshkent — Xavast” yoʻnalishi"
- Toshkent 20:05 — Xavast 23:22.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosiga murojaat qilish mumkin.