Toshkentning 12 ta joyida bayram tomoshalari o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 625
Toshkentning 12 ta joyida bayram tomoshalari o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar xalq sayllari va bayram tomoshalari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ro‘yxat:

  • Bektemir tumanidagi “Coca-Cola garden” bog‘i;
  • Mirobod tumanidagi Furqat nomidagi istirohat bog‘i;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central park” bog‘i;
  • Sergeli markaziy bog‘i;
  • Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
  • Uchtepa tumanidagi “Eko Seul” istirohat bog‘i;
  • Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i;
  • Yunusobod tumanidagi O‘zekspomarkaz hududi;
  • Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” istirohat bog‘i;
  • Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
  • Yangihayot tumanidagi “Green park”;
  • Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni.

Bayram tomoshalari soat 18:00 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan. Har bir istirohat bog‘i ma’muriyati qoʻshimcha tomoshalar tashkil etishi mumkin.

Dam olish kunlari qayerlarga borish mumkinligi haqida ushbu toʻplamimizda yoki Afisha.uz'ning taqvimida koʻrishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ