Statistika: 2024-yilda o‘zbekistonliklar turistik maqsadda qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilgan?
E’lon qilingan sana: · 112
2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 million nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi davlatlarga yoʻl olgan:
- Qirg‘iziston — 1,6 mln nafar;
- Tojikiston — 676,4 ming nafar;
- Qozog‘iston — 526,4 ming nafar;
- Rossiya — 159,7 ming nafar;
- Turkiya — 123 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 106,5 ming nafar;
- BAA — 70,6 ming nafar;
- Misr — 22,2 ming nafar;
- Quvayt — 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 12,3 ming nafar;
- boshqa davlatlar — 91,5 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga qancha turist kelgani haqida xabar berilgandi.