JCh-2026 yoʻlida ilk qadam tashlangan Oʻzbekiston – KXDR uchrashuvidan fotoreportaj

E’lon qilingan sana· 115
JCh-2026 yoʻlida ilk qadam tashlangan Oʻzbekiston – KXDR uchrashuvidan fotoreportaj

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 5-sentyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 1-turi doirasida “Bunyodkor” stadionida KXDR jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Srechko Katanes shogirdlari 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Afisha.uz uchrashuvdagi yorqin lahzalar bilan boʻlishadi.

Oʻyinning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Sherzod Nasrullayevning pasini golga aylantirdi.

Oʻyin voqealarga boy boʻldi. Masalan, birinchi boʻlimda Oʻzbekiston terma jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. Darvozabon Oʻtkir Yusupov esa ushbu penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar Oʻzbekiston terma jamoasidan koʻproq gol yoki yaxshiroq oʻyin kutgani aniq. Oʻyindan keyin terma jamoa murabbiyi ham bu borada fikr bildirdi.

“Bugun qiyin oʻtgan bahsda gʻalaba qozondik. Oʻz imkoniyatimizni toʻliq namoyish eta olmadik, lekin muhimi gʻalaba qozondik. Birinchi boʻlimda koʻproq gol kiritsak boʻlardi, sababi koʻp vaziyatlar yarata oldik. Penalti ham oʻz xatolarimiz ortidan yuzaga keldi”, — dedi terma jamoa murabbiyi Srechko Katanes.

Uchrashuvni 24 mingdan ortiq kishi stadionda kuzatib bordi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashidagi 2-tur uchrashuvini Qirgʻizistonga qarshi Bishkekda oʻtkazadi. Oʻyin 10-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Fotosuratchilar: Shoxrux Yusupov, Yevgeniy Sorochin.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov