Anons
"Navroʻz" bogʻida xalqaro gastronomik festival
E’lon qilingan sana: · 88

“Navro‘z” etnik bog‘ida “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivali boʻlib oʻtadi.
Bu festivalda tashrif buyuruvchilar o‘zbek va qardosh xalqlarning lazzatli taomlaridan tatib ko‘rishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, xalqaro toifadagi oshpazlardan mahorat darslari, qiziqarli tanlovlar hamda ko‘ngilochar madaniy dasturlarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Festivalga kirish bepul.
20dan 22-sentabr 2024gacha
Toshkent, Labzak ko‘ch., 12/1