"Bunyodkor" stadioni atrofidagi yoʻllar mashinalar uchun vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 116
"Bunyodkor" stadioni atrofidagi yoʻllar mashinalar uchun vaqtincha yopildi

Bugun, 10-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh 3-saralash bosqichi 3-turi doirasida Eron bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv munosabati bilan stadion atrofidagi yoʻllarda mashinalar harakati vaqtincha cheklandi.

Ta’kidlanishicha, Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 16:00 dan soat 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklandi:

  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • KHAY va Muqimiy koʻchalarini bogʻlab turuvchi Chilonzor koʻchasi.

IIB YXHB yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
"Bunyodkor" stadioni atrofidagi yoʻllar mashinalar uchun vaqtincha yopildi — Toshkent Afishasi