Anons
Oʻzbekistonlik dasturchilar yaratgan video oʻyinlar koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 58

Gyote institutida “GameDev Goethe 2024” oʻzbekistonlik dasturchilar yaratgan video oʻyinlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarni:
- 30 dan ortiq oʻyinlar va ularning yaratuvchilari bilan tanishish;
- shirinliklar yutib olish mumkin boʻlgan oʻyinlar;
- “Hamjamiyat Tanlovi” yoʻnalishidagi oʻyin uchun ovoz berish imkoniyati;
- VR oʻyinlarda oʻzingizni sinab koʻrish;
- sovrinli viktorinalar kutadi.
Tadbirning yakuniy qismida NVIDIA kompaniyasi vakili Oleg Skoda (Myunxen) eng yaxshi oʻyinlar mualliflarini “GeForce RTX” video kartalari bilan taqdirlaydi.
Koʻrgazmaga kirish bepul.
Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Jadval
19-oktabr
shanba
15:00
Toshkent, Amir Temur sh. k., 42