Bobur koʻchasining bir qismi 1 oyga yopiladi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Bobur koʻchasining bir qismi 16-oktyabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar mashinalar harakati uchun yopiladi. U yerda 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Ta’kidlanishicha, Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2024-yilning 16-oktyabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanishini, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltiriladi.
Hokimlik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qildi.