"Ovqatlanaylik": Tashkent City Mall'dagi restoran va kafelar

E’lon qilingan sana· 560
"Ovqatlanaylik": Tashkent City Mall'dagi restoran va kafelar

Poytaxt markazida yirik savdo markazi — “Tashkent City Mall” ish boshlaganiga bir necha oy boʻldi. U nafaqat oʻzining iMAX va Dolby Atmos kinozallari, balki keng turdagi oshxonasi bilan ham maqtana oladi. Mall’da koʻplab kafe va restoran faoliyat olib bormoqda. Aksariyat muassasalar 3-qavatda — fudkortda. Ular turi boʻyicha ham har xil: milliy va xorijiy taomlar, fastfud, shirinliklar va hokazo. Afisha.uz “Tashkent City Mall"dagi kafe va restoranlarning toʻliq roʻyxati ham ularning qisqacha tavsifini keltiradi.

Ushbu materialni saqlab qoʻying, keyingi safar “biror nima yeylik”, degan katta oʻy oldida turganingizda sizga yordam berishi mumkin.


Milliy taomlar

Boboy

“Boboy” Mall’dagi yangi milliy oshxona. U yerda keng turdagi oʻzbek taomlaridan tashqari oʻziga xos interyeri ham odamni oʻziga jalb qiladi.

Restoran dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Xorijiy oshxonalar

Aiza

AIZA — Tashkent City Mall’dagi haqiqiy yunon restorani boʻlib, u yerda Oʻrta Yer dengizi madaniyati ostonadanoq seziladi. Har juma va shanba kunlari mehmonlarni joʻshqin yunoncha raqslar, musiqa, likopchalarni sindirish shousi va hokazolar tashkillashtiriladi.

Restoran dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Bistecca

Savdo markazida italyan restoranini ham topish mumkin. Bistecca’da qadimiy retseptlar boʻyicha tayyorlangan taomlar va mamlakatning eng yaxshi uzumzorlaridan nafis vinolarni tatib koʻrish imkoniyati mavjud. Restoran “Italiya yuragiga sayohat"ni va’da qiladi.

“Bistecca” dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Cucucina

CuCucina — ulkan qalb va avloddan-avlodga o‘tib, davom etib kelayotgan uzoq tarixga ega kichik italyan oshxonasi. Haqiqiy pitsa yo pasta yeymizmi? Ketdik, unda Mall’ga.

Muassasa dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha faoliyat olib boradi.

Menyu.


Kaspiyka

“Kaspiyka” — oʻrtayer dengiz restorani. Menyuda 30 dan ortiq baliq va dengiz mahsulotlari mavjud: selddan tortib ustiritsa, dengiz tipratikani va hokazolargacha.

Muassasa dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha faoliyat olib boradi.

Menyu.


Paul

1889-yilda Fransiyaning Lill shahrida tashkil etilgan Paul ko‘p asrlik an’analarni saqlab qolgan va pazandachilik san’atiga bo‘lgan muhabbatni avloddan-avlodga o‘tkazib kelayotgan haqiqiy fransuz oshxonasining ramziga aylandi. U yerda nafaqat fransuz taomlarini, balki keng turdagi shirinliklarni ham topishingiz mumkin.

Restoran Mall’ning ikkinchi qavatida joylashgan va dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Sushi Market

“Sushi-Market” — 2011-yilda Rossiyada tashkil etilgan. Bu yapon oshxonasiga ixtisoslashgan ilk olib ketish do‘konlaridan boʻlgan. Ushbu format mazali taomdan bahramand bo‘lishni xohlovchilar uchun maxsus yaratilgan.

Sushixoʻrlar bu muassasani Mall’ning uchinchi qavatidan topishlari mumkin. U dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Tanuki

Savdo markazidagi yana bir yapon restorani. “Tanuki” — yapon restoranlari tarmog‘i bo‘lib, 2004-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kungacha Rossiya, O‘zbekiston, AQSH, Qozog‘iston va BAAda 80 dan ortiq restoran ochilgan.

Dam olish kunlari restoranlarda DJ chiqishlari, bolalar uchun animatsion dasturlar hamda shanba va yakshanba kunlari mahorat darslari o‘tkaziladi. Majmuaning birinchi qavatida joylashgan restoran dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Fast fudlar

Bellissimo Pizza

Bellissimo Pizza — Oʻzbekistonda 50 ta filialiga ega boʻlgan eng yirik pitseriya tarmoqlaridan biri. Menyuda siz pitsa, mazali gazaklar, salatlar, shirinliklar va ichimliklarini topishingiz mumkin.

Pitsalarni 3-qavatdan topishingiz mumkin, u dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha faoliyat olib boradi.

Menyu.


Papa Johns

Yana bir pitseriya. Bunisi xalqaro. Yaqinda Oʻzbekistonga kirib kelgan va Tashkent City Mall bilan birgalikda bir nechta nuqtalarda filiallar ochishga ulgurdi.

“Papa Johns” markazning uchinchi qavatida joylashgan va yuqoridagi restoranlar kabi ish olib boradi.

Menyu.


Hardees

Faoliyatiga 60 yildan oshgan “Hardees” va nihoyat, Oʻzbekistonda ham ish boshladi. Birinchilardan boʻlib City Mall’da.

Bu fastfud tarmogʻi ham 3-qavatda va ish vaqti ham oʻsha-oʻsha: dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha.

Menyu.


KFC

KFC tovuqli taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan xalqaro tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i, bunga koʻp ta’rif berib oʻtirish shart emas. 130 dan ortiq mamlakatda 30 mingdan ortiq KFC restoranlari faoliyat yuritadi, shulardan bittasi “Tashkent City Mall” savdo markazining 3-qavatida.

Bu filial dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Wendy’s

Wendy’s kompaniyasi 1969-yilda Deyv Tomas tomonidan AQShning Ogayo shtati, Kolumbus shahrida tashkil etilgan. Xalqaro tarmoq 100% mol goʻshtidan tayyorlangan toʻrtburchakli kotletli burgerlari, tovuqli taomlari, salatlari, oʻziga xos qaynoq pishloq sousi bilan xizmat qilinadigan frisi va boshqa koʻplab taomlari bilan mashhur.

“Wendy's” ham yuqoridagi fastfud tarmoqlari bilan bir xil ish jadvalga ega.

Menyu.


Wok & Street 77

Mazzali gamburgerlar, har qanday xohishga ko‘ra ishtahani ochadigan pitsa, qarsildoq tovuq, o‘ziga xos qutichalardagi WOK ugrasi… Turli oshpazlik an’analari, yo‘nalish va texnikalarining aralashuvi, ranglarning yorqinligi, ziravor va qaylalarning rang-barangligi — Street 77 va WOK’dan ta’mlarning ideal uyg‘unligi endi Tashkent City Mall’da.

Agar bularni yemoqchi boʻlsangiz, dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha savdo markazining 3-qavatiga borishingiz mumkin.

Menyu.


The Burger

“The Burger” — bu nafaqat oʻz ovqatlari, balki zamonaviy dekoratsiya, yuqori sifatli ingredientlar, restoran darajasida xizmat koʻrsatish va har bir mijoz uchun noyob tajriba taqdim etishni va’da qiladigan kontseptual burger restorani.

U ham uchinchi qavatda, fudkortda joylashgan, oʻsha-oʻsha vaqtlarda ishlaydi.

Menyu.


Shirinliklar

Saya

“Saya” kafesi Dubaydagi eng yaxshi nonushta va noyob shirinliklari bilan mashhur. O‘rta yer dengizidan ilhomlantiruvchi taomlar va Instagram’ga mos shirinliklar va interyerlargacha.

“Saya” ham majmuaning birinchi qavatida joylashgan va dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Hamdizade

“Hamdizade” 1925-yilda Turkiyada tashkil etilgan va dastlab ichimliklar ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Vaqt oʻtib u muzqaymoq ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, keyinchalik shirinliklar assortimentini kengaytirdi. Endi qandolat menyusida baklava, Katmer, Kataif, shokolad va boshqa shirinliklar mavjud. Hamdizadening barcha taomlari faqat tabiiy mahsulotlar — meva, oʻtlar, yongʻoqlar, kakao va karameldan tayyorlanadi.

Restoran dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Ribambelle

Ribambelle — oilaviy restoran, bolalarga esa alohida sharoitlar bor, ularga yoqishi aniq.

Muassasa dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma-yakshanba kunlari esa 00:00 gacha ishlaydi.

Menyu.


Safia

Bugungi kunda “Safia” 100 dan ortiq filiallar, yirik qandolat fabrikasi, minglab xodimlar va yuz minglab mamnun mijozlardir. Brend HoReCa’ning boshqa yoʻnalishlari: ovqatlanish, restoranlar, mehmonxonalar va boshqalar ustida faol ishlamoqda. Yoqimli suhbatlar uchun ajoyib maskan. Oʻzingiz bilan olib ketishga zoʻr variant.

Uni City Mall’ning birinchi qavatidan topasiz, ish vaqti boshqalarniki bilan bir xil.

Menyu.