Toshkentda 1000 nafar qiz SMMga bepul oʻqitiladi

E’lon qilingan sana· 625
Toshkentda 1000 nafar qiz SMMga bepul oʻqitiladi

Toshkent shahar hokimligi “Toshkent yoshlarni sevadi” an’anaviy loyihasiga start bermoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy mavsumda qizlarning zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun bepul SMM darslari yo‘lga qo‘yilishidan tortib, juda ko‘plab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Jumladan, Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi.

Bunda qizlar o‘zlarining yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida:

  • ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
  • targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
  • grafik kontent yaratish;
  • kopirayting;
  • mobilografiya
  • B2B sotuvlar;
  • shaxsiy brend;
  • portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda o‘rganishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 25-oktyabrgacha quyidagi bot orqali amalga oshiriladi: @smaktabbot

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+998) 55−520−6060.