Toshkentga kirish joylarining to‘rttasida yangi darvozalar tashkil etiladi
E’lon qilingan sana: · 790

31-oktyabrdan boshlab Toshkentga to‘rtta kirish darvozasining eskiz konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ochiq xalqaro tanlov boshlandi.
“Loyiha zamonaviy va an’anaviy g‘oyalar uyg‘unlashgan Toshkentni o‘zgartirish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lishi kerak,” — deyiladi “Tashkent Invest” kompaniyasi xabarida.
Darvozani o‘rnatish bo‘yicha qurilish ishlarini 2024-yilda boshlash rejalashtirilgan. Ular to‘rtta lokatsiyada quriladi:
- Parkent va Ohangaron shossesining kesishgan joyida “Rohat” posti;
- “Xuton” masjidi yonidagi “Bektemir” posti;
- “Abu Saxiy” bozori yaqinidagi “Erkin” posti;
- “Uch qahramon” posti Amir Temur shohko‘chasi va Katta halqa yo‘li chorrahasi yaqinida.
Ishtirokchi bo‘lish uchun 2024-yil 7-noyabrdan kechiktirmay tanlovning info@tashkentinvest.com elektron manziliga ariza yuborishingiz lozim.
Muhim sanalar:
- 2024-yil 31-oktyabr — arizalar qabul qilish boshlanadi;
- 2024-yil 7-noyabr — arizalarni qabul qilish yakunlanadi;
- 2024-yil 11-noyabr — finalchilar e’lon qilinadi;
- 2024-yil 30-noyabr — Tanlov g‘olibi e’lon qilinadi'
Tanlov YUNESKO tavsiyalariga muvofiq o‘tkaziladi va g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
- Birinchi o‘rin — 100 mln soʻm;
- Ikkinchi o‘rin — 50 mln soʻm;
- Uchinchi o‘rin — 30 mln soʻm.