"Deyarli gender tengligi": Oʻzbekistondagi ikki jins vakillarining soni ma'lum qilindi
E’lon qilingan sana: · 397
Statistika agentligi Oʻzbekistonning doimiy aholisi takibini ma’lum qildi. Unga koʻra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga mamlakatda doimiy yashovchi aholi soni 37 355 400 ming kishini tashkil etgan.
Shundan ayollar soni 18 545 900, erkaklar soni 18 809 500 kishini tashkil qiladi.
Doimiy aholining 19 milliondan ziyodrogʻi shahar joylarda, 18,3 millioni esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Ta‘kidlanishicha, doimiy aholi soni 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga ko‘paygan.